AsosiyDunyo

Abu-Dabida sud moliyaviy jinoyatchilarni jami 283 yillik qamoq jazosiga hukm qildi

'Abu-Dabida sud moliyaviy jinoyatchilarni jami 283 yillik qamoq jazosiga hukm qildi'ning rasmi

Birlashgan Arab Amirliklari poytaxtidagi banklardan 635 million dirxam (170 million dollar)ni o`g`irlashga uringan 28 kishiga Abu-Dabi jinoiy ishlar sudi tomonidan jami 283 yillik qamoq jazosi tayinlandi.

Ozodlikdan mahrum etilganlar orasida Hindiston, Pokiston, AQSh, Kanada va Rossiya fuqarolari ham bor. Ular firibgarlik va axborot texnologiyalarini qo`llagan holda banklarda noqonuniy pul o`tkazmalari bilan shug`ullanib kelgan bo`lgan.

Nashrning yana bir ma`lumotiga ko`ra, hukm qilinganlar faqat qamoq jazosi bilan qutulmaydi. Jinoyatchilar noquniy o`zlashtirishga harakat qilgan 635 million dirxam (170 million dollar)ni jarima sifatida to`lab berishlari lozim. Shuningdek, ular o`marishga ulgurgan 9 million dirham ( 3 million dollar) ni ham banklarga qaytarilishi kerak. Ozodlikdan mahrum etilgan chet el fuqarolari qamoq jazosini o`tab bo`lgandan so`ng, o`z mamlakatlariga deportasiya qilinadi.

    Boshqa yangiliklar