“O`zbekiston madaniy merosi - xalqlar va davlatlar o`rtasidagi muloqot yo`li” Ikkinchi Xalqaro kongress arafasida loyihaning ilmiy xodimlari yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda kelgusidagi ilmiy sessiyalar moderatorlari ishtirok etdilar.
Kelgusi sessiyalar moderatorlaridan biri – Elmira Gul san`atshunoslik fanlari doktori, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining San`atshunoslik instituti ilmiy xodimi, “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasining tahririyati kengashi a`zosi. U shunday deydi:
– Bir necha kundan keyin Sankt-Peterburgda bo`lib o`tadigan “O`zbekiston madaniy merosi” Ikkinchi xalqaro konferensiyasi bo`lib o`tadi. Unda O`zbekistonning ilmiy jamoatchiligi vakillari ishtirok etadilar va Kongress davomida bir necha marta davra suhbati o`tkazadilar. Unda amaliy san`atning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.
Xususan, ushbu tadbirda “O`zbekiston madaniy merosi dunyo muzeylarida” turkumidagi navbatdagi albomlarni taqdim etamiz.
Birinchisi “Germaniya muzey kolleksiyalarida O`zbekiston san`ati” deb nomlangan albom bo`lib, ikkinchi albom – Dinlar tarixi davlat muzeyining (Sankt-Peterburg) to`plamidagi o`zbek san`ati predmetlaridir. Nihoyat, O`zbekiston Davlat san`at muzeyi kolleksiyasining o`zbek to`plamiga bag`ishlangan albom. Yana bir albom – O`zbekiston gilamchiligi va beshinchi albom O`zbekistonning musulmon o`rta asrlari davridagi san`atini namoyish etadi.
Men o`zim bevosita ikkita albom yaratishda qatnashdim. Bu dinlar tarixi muzeyining (Sankt-Peterburg) kolleksiyasidir, unda bu muzey kolleksiyasidan o`zbek gilamchiligi va kashtachiligi haqida maqolam bor. Men O`zbekistonda gilam to`qish bo`yicha albomning mualliflaridan biriman. Men o`sha erda taqdim etiladigan mazkur so`nggi albom va uning mazmuni haqida ma`lumot berib turaman.
Aytish kerakki, o`zbek klassik gilamlari turlari texnik, ranglar va turli rangbaranglikda to`liq nashr etilmadi. Shu bois ham albom noyobdir. O`ylaymanki, ko`plab o`quvchilar o`zbek klassik gilami art-bozorlarimizda ko`rishga o`rganib qolganlarimizdan qanchalik farq qilishiga guvoh bo`lib ajablanadilar. Misol uchun, nikoh marosimlarining ajralmas qismiga aylangan naqshli gilamlar mutlaqo benazir va g`ayrioddiydir. Albomga turli xorijiy va respublika kolleksiyalardagi buyumlar kiradi”, – dedi Elmira Gul.