BMT Xavfsizlik kengashi AQSh tomonidan kiritilgan Falastin-Isroil ziddiyati to`g`risidagi rezolyusiya loyihasini qo`llab-quvvatlamadi.
Bu rezolyusiyada «Hamas» guruhi ham qoralanadi.
Loyihaga faqat Qo`shma Shtatlar ovoz bergan. Kengashning uch a`zosi, jumladan Rossiya, unga qarshi chiqdi. 11 mamlakat esa betaraf qolgan.
«Zarur miqdordagi ovoz berilmagani sababli rezolyusiya loyihasi qabul qilinmadi», - dedi BMT Xavfsizlik kengashi raisi, Rossiya Federasiyasining BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya.
Qo`shma Shtatlarning rezolyusya loyihasi Quvayt tomonidan sal avvalroq taqdim etilgan hujjatga javob bo`ldi.
Falastin shifokorlarining hisob-kitoblariga ko`ra, G`azo sektorida 30 mart kunidan buyon avj olgan nizolar sababli 119 nafar tinch aholi vakillari halok bo`lgan, 13,3 ming kishi o`q va gaz sababli jabrlangan. Hozirda ularning 300 nafarini ahvoli og`ir.






