1

​O`zbekiston madaniyati Kunstkamera to`plamlarida

Madaniyat 02.06.2018, 10:47
​O`zbekiston  madaniyati Kunstkamera to`plamlarida

Xabaringiz bor 6-8- iyun kunlari Sankt-Peterburg shahrida O`zbekiston madaniy merosini saqlab qolish, ommalashtirish va asrab-avaylashga bag`ishlangan xalqaro kongress bo`lib o`tadi. Ushbu kongress dasturidan ishtirokchilarning Buyuk Petr nomidagi etnologiya va antropologiya muzeyi - (Kunstkamera)ga tashrifi ham o`rin olgan.e/create

1714 yilda Buyuk Petr tomonidan asos solingan ushbu muzey dunyoning turli mintaqalari tarixini o`zida aks ettirgan 15 ta bo`lim va bitta ilmiy markazdan tashkil topgan. Muzeyning tarix fanlar nomzodi M.E.Rezvan boshchiligidagi Markaziy Osiyo etnografiyasi bo`limidan Markaziy Osiyo, jumladan, mamlakatimiz madaniyatiga oid ko`plab eksponatlar o`rin olgan. Mazkur bo`lim turkiy va eroniy qabilalarning moddiy va manaviy madaniyati va qishloq xo`jaligini aks ettiruvchi 13 mingga yaqin predmetlarni o`zida mujassamlashtirgan. Muzey tarixiga nazar tashlasak bu erdagi buyumlarning asosiy qismi XIX asrning ikkinchi yarmida keltirilganiga guvoh bo`lamiz. Muzey eksponatlari tarkibidan XIX asrning oxiri XX boshlarida O`rta osiyolik tikuvchilar tomonidan yaratilgan qimmatbaho toshlar bilan baxmal va ipak matolarga ishlov berilgan buyumlar ham o`rin olgan. Bir vaqtlar Buxoro amirlari tomonidan Rus imperatorlari va ularning xonimlariga hadya sifatida yuborilgan ushbu liboslar Kunskamernaing qimmatbaho eksponatlari hisoblanadi. Shuningdek, bo`lim fondida Pomir etaklarida yashagan xalqlar madaniyatini aks ettiruvchi to`plamlarlar ham mavjud. O`larning asosiy qismi I. I. Zarubin tomonidan 1914 yilda to`plangan.

Bir so`z bilan aytganda, Kunstkamera ga sayohat tadbir qatnashchilariga katta bilim va taassurot ulashishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1