​Din tarixi Davlat muzeyida O`zbekiston ko`rgazmasi

Madaniyat 02.06.2018, 13:41
​Din tarixi Davlat muzeyida O`zbekiston ko`rgazmasi

Xabaringiz bor 6-8 iyun kunlari Sankt-Peterburg shahrida O`zbekiston madaniy merosini saqlab qolish, ommalashtirish va asrab-avaylashga bag`ishlangan xalqaro kongress bo`lib o`tadi. Ushbu kongress dasturidan ishtirokchilarning Din tarixi Davlat muzeyiga tashrifi ham o`rin olgan.

Dinning yuksalish bosqichlari va rivojlanish tarixini ifodalovchi Rossiyada yagona bo`lgan din tarixi muzeyi dunyo miqyosida ham kam sonli muzeylardan biri hisoblanadi. Muzeyga 1932 yilda asos solingan bo`lib, uning kolleksiyalaridan 180 mingga yaqin eksponatlar o`rin olgan.

Bugungi kunda Din tarixi davlat muzeyida Rus provaslav tarixi, Katoliklik, “Sharq dinlari” ekspozisiyasining “Buddaviylik” zali, Protistantlik, Sharq dinlari (buddaviylik, hinduiylik, konfusiylik, daosizm, sintoizm) va Islom bo`limlari doimiy tashriflar uchun ochiq. Islom fondi tarkibidan ibodat ob`ektlari, grafikalar, san`at va hunarmandchilik namunalari o`rin olgan. Ularda islom dini yoyilgan davlatlar xalqlari (Markaziy Osiyo, Shimoliy Kavkaz, Sharq musulmon mamlakatlari — Pokiston, Hindiston, Iroq, Afg`oniston, Livan, Turkiya) marosimlari, madaniyati va turmush tarzi aks etgan.

Kongress doirasida 6 iyun kuni Dinlar tarixi Davlat muzeyida O`zbekiston madaniy merosi loyihasiga bag`ishlangan ko`rgazma tashkil etiladi. Ushbu ko`rgazma davomida ishtirokchilar mamlakatimiz hududidagi islomgacha va undan keyingi davrlarga oid kolleksiyalar bilan tanishishlari kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1