Virgin Atlantic aviakompaniyasi “ekonom” klassga sotib olingan chiptalar “biznes” klassga o`tishini xabar qilishganda yo`lovchilarning reaksiyasini videoga muhrlamoqqa qaror qildi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti nashri.
Londonning Xitrou aeroportida olingan videodan ko`rish mumkinki, uo`bu xabar har kim turlicha qabul qilgan. Kimdir kulgan, kimdir shok holatiga tushgan, kimdir esa hatto yig`lab yuborgan.






