1

Tasavvur orqali o`tgan Sharq

Madaniyat 03.06.2018, 13:04
Tasavvur orqali o`tgan Sharq

Sankt-Peterburgda bo`lib o`tadigan “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” ikkinchi xalqaro kongressining bo`lg`usi ishtirokchilari anjuman xususida, uning doirasida o`tkaziladigan muhim tadbirlar, ko`rgazmalarning ahamiyati borasida o`z fikrlari bilan o`rtoqlashishda davom etmoqda. Ulardan biri Tretyakov Davlat galereyasi (Rossiya) bosh direktori, san`atshunoslik fanlari nomzodi Tregulova Zelfira Ismailovna:

-«Buxoro ipagi va tillasi: Buxoro amirlariining elchilik tuhfalari Rossiya Fanlar Akademiyasi antropologiya va etnografiya Muzeyi to`plamlarida», «Raqs va ipak», «O`zbekiston: madaniyatlar chorrahasida» – bular 6-8 iyun kunlari Sankt-Peterburgda bo`lib o`tadigan “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” ikkinchi xalqaro kongress doirasidagi bir qator tadbirlarning debochasi xolos.


Kongress ishida dunyoning 30 dan ziyod mamlakatidan 200 dan ortiq olimlar, ekspertlar, diplomatlar, davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar, ommmaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi. Nufuzli tadbirga O`zbekiston, Avstriya, Buyuk Yuritaniya, Germaniya, Eron, Rossiya, Polsha, Fransiya, Turkiya, Chexiya, Shvesiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarning yirik muzeylari va ilmiy institutlarining rahbarlarpi hamda direktorlari, YuNESKO, , ISESCO, IRSICA, ICOMOS vakillari, taniqli olimlar – akademiklar, professorlar, fan doktorlari jalb etilgan.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1