AQSh Suriya chegarasida, Iroqning Sinjar tumanida yangi harbiy bazaniqurmoqda.
Sinjarda joylashgan AQSh harbiylarining vazifasi Iroq-Suriya chegarasini nazorat qilishdir. Manbada keltirilishicha, Iroqning shimoli-g`arbiy qismida joylashgan ushbu tog`li hududga AQSh qurolli kuchlari juma kuni 15 ta zirhli transport vositasida etib kelgan.
AQSh 2011 yil dekabr oyida o`z qo`shinlarini Iroqdan olib chiqib ketgandi. 2014 yil avgust oyida esa «Islom davlati» terrorchi guruhi tomonidan mamlakatning yirik hududlari ishg`ol qilingandan so`ng Iroqqa qaytdi. Iroq Bosh Vaziri Haydar Al-Obodi 2017 yilning dekabr oyida guruh ustidan g`alaba qozonilganini e`lon qilgan. Terrorchilarni yo`q qilish amaliyotlari AQSh boshchiligidagi koalisiyaning yordami bilan amalga oshirildi. Fevral oyi boshlarida Iroq bosh vaziri Bag`dod ittifoqdoshlar kuchlarini asta-sekin kamaytirish uchun reja qabul qilgani haqida bayonot berdi.
Iroq matbuoti ma`lumotlariga ko`ra, ayni paytda Iroqda 5 yarim mingga yaqin amerikalik harbiylar joylashtirilgan. Ularning aksariyati Suriya bilan chegarada, respublikaning shimolida va g`arbida qo`nim topishgan. Iroq parlamenti mart oyida hukumatdan xorijiy qo`shinlarni mamlakatdan olib chiqish shartlarini belgilab qo`yishni talab qildi. Vazirlar Mahkamasi parlament a`zolari iltimosiga hanuzgacha javob bergani yo`q.
Sinjar “Islom davlati” terorchilari tomonidan 2014 yilning avgust oyida egallab olingandi, 2015 yilning so`nggida hudud ozod etildi.






