1

Fotoreportaj: Cuvtushar sharsharasi haqida eshitganmisiz?

Madaniyat 04.06.2018, 14:38
Fotoreportaj: Cuvtushar sharsharasi haqida eshitganmisiz?

Qashqadaryoda betakror iqlimi va manzarali tabiati bilan barchani o`ziga maftun eta oladigan so`lim go`shalar bisyor.

Bugungi fotosayohat Shahrisabz tumanidagi Hisorak suv ombori, Hisor davlat qo`riqxonasining noyob tabiati, mashhur Suvtushar sharsharasi tomon.

Hisor davlat qo`riqxonasida jonivorlarning 14 turi uchraydi. Qo`ng`ir ayiq, silovsin, qor qoploni va qizil sug`ur singari “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlar ham bor. Bundan tashqari, tog` burguti, qor g`ajiri, boltayutar, kaklik, hilol kabi qushlarni uchratish mumkin. Bu erlarda dug`boy, kiyik o`ti, kovrak, zirk, na`matak kabi 10 dan ortiq dorivor giyohlar ham o`sadi.

Qo`riqxonaning Miroqi bo`limi tasarrufidagi tabiat burchagida yana bir mo``jiza – mashhur Suvtushar sharsharasi bor. U mamlakatimizdagi eng uzun va sersuv sharshara hisoblanadi. 84 metr balandlikka ega sharsharadan yilning may-iyul oylarida har soniyada 5-6 kub metr suv otilib tushadi. Shu jarayonda hosil bo`lgan zarrachalar 250-300 metr, kuchli shamol esib turgan paytlarda 500-600 metrgacha sachrab tarqaladi va ajoyib mikroiqlim hosil qiladi.

Natijada bu erda yozning jaziramasida ham havo salqin va mo``tadil bo`ladi.

2.jpg

3.jpg

4.jpg

5.jpg

6.jpg

7.jpg

8.jpg

9.jpg

10.jpg

11.jpg

12.jpg

13.jpg

15.jpg

17.jpg

18.jpg

20.jpg

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1