AsosiySport

Bugun professional bokschimiz Ulug`bek Xolov Rossiyada o`zining navbatdagi jangini o`tkazadi

'Bugun professional bokschimiz Ulug`bek Xolov Rossiyada o`zining navbatdagi jangini o`tkazadi'ning rasmi

Bugun professional boksda faoliyat olib borayotgan o`zbekistonlik charm qo`lqop ustasi Ulug`bek Xolov Janubiy Osetiyaning Sxinval shahrida o`zining prof ringdagi ettinchi jangini o`tkazadi, deb xabar bermoqda qo`mita matbuot xizmati.

Ushbu bahsda hamyurtimizga rossiyalik Soslan Tedeev raqiblik qiladi.

Ma`lumot uchun, 28 yoshli Ulug`bek shu kungacha professional boksda 6ta jang o`tkazgan va ularning barchasida g`alaba qozongan (3ta nokaut). Rossiyalik 22 yoshli charm qo`lqop ustasi esa bungacha 18 marotaba ringga ko`tarilib, ularning 17 tasida raqiblarini mag`lubiyatga uchrata olgan (11ta nokaut). Bitta jangda esa u imkoniyatni boy berib qo`ygan. Tomonlar o`rtasidagi bahs engil vazn toifasida bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar