"Jizzax akkumulyator zavodi" AJni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali orqali ma`lum qilindi.
Qarorga muvofiq, «Jizzax akkumulyator zavodi» AJning ustav kapitalida «O`zavtosanoat» AJga tegishli ulushning 51,78 foizi (aksiyalar paketi) belgilangan tartibda xorijiy investorlarga sotiladi.
Shu munosabat bilan «O`zavtosanoat» AJga aksiyalar paketining bozor qiymatini aniqlash va ularni belgilangan tartibda birja savdolariga qo`yish topshirildi.