AsosiyJamiyat

8 iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti

'8 iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 8 iyun kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 21-23 daraja iliq, kunduzi 32-34 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo`ladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar