1

​O`zbekiston madaniy merosi – Davlat Ermitajida

Madaniyat 08.06.2018, 14:50
​O`zbekiston madaniy merosi – Davlat Ermitajida

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” Ikkinchi xalqaro kongressi davom etmoqda. Bugun kongress doirasida “O`zbekiston madaniy merosi Davlat Ermitaji to`plamlarida” kitob-albomining taqdimoti o`tkazildi.

Ta`kidlash joizki, Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitaji sayyoramizdagi eng katta va mashhur muzeylardan sanaladi. Bu erda o`zbek xalqi va davlatchiligi tarixiga oid juda katta miqdordagi madaniy yodgorliklar saqlanmoqda. O`tgan asrda mamlakatimiz hududida olib borilgan arxeologik ekspedisiyalar davomida topilgan osori atiqalar, turli davrlarga oid tangalar, qo`lyozmalar va hujjatlar, xalq amaliy san`ati namunalari, zargarlik, miskarlik va kandakorlik mahsulotlari xalqimizning boy va betakror tarixi, buyuk madaniyati ifdasi sifatida muzey ekspozisiyalarida namoyish etib kelinmoqda.


– Sankt-Peterburg O`zbekiston madaniy merosini o`rganish va targ`ib etishda katta ahamiyaga ega, - deydi Davlat Ermitaji direktori Mixail Piotrovskiy. – Ikkinchi Jahon urushi davrida, shahar qamalda qolgan paytda ham bu erda buyuk o`zbek shoiri Alisher Navoiyning 500 yilligi nishonlangani ham fikrimni to`la isbotlaydi. Davlat Ermitajida o`zbek madaniyatining bebaho durdonalari saqlanmoqda. O`ylaymanki, O`zbekiston madaniy merosini targ`ib etishda Ermitajning o`z o`rni bor. Biz kelgusida turli mamlakatlarda Ermitaj kunlarini o`tkazish, muzey xodimlari o`rtasida o`zaro tajriba almashishni yo`lga qo`yish bo`yicha muzokaralar olib boryapmiz. Ehtimol, O`zbekistonda ham shunday tadbirlarni o`tkazish vaqti kelgandir. Chunki, bugungi kunda mamlakatingizda tarixiy merosni asrab- avaylash borasida havas qilishga arzigulik ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi xalqaro kongressni bu yo`ldagi muhim qadam sifatida baholash mumkin.


Kun tartibidan anjuman ishtirokchilarining Davlat Ermitajiga tashrifi, ushbu muzeyda O`zbekiston madaniy merosiga bag`ishlangan ko`rgazmaning taqdimoti ham o`rin olgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1