Qozog`istonning Astana shahrida boks bo`yicha an`anaviy “Prezident Kubogi” nufuzli musobaqasi yakunlandi.
Dunyoning 15 davlatidan 150 nafardan ziyod bokschilar ishtirok etgan musobaqada O`zbekiston terma jamoasi a`zolari ham medallar uchun ringga ko`tarilishdi. Umumiy ishtirokchilar sonining beshdan biri, ya`ni 35 nafari mezbon bokschilar hisobiga to`g`ri keldi.
Har bir vaznda 3-4 nafardan qozog`istonlik charm qo`lqop ustalari ishtirok etishdi. Bu esa ularning medallarni qo`lga kiritishdagi imkoniyatini keskin oshirib yubordi. Keyin hakamlar ham bizning bokschilarga qarshi kechgan janglarda ochiqchasiga mezbonlarga yon bosishdi. Bu esa yakuniy natijaga ta`sir o`tkazmay qolmadi.

Qozog`iston terma jamoasi 10ta vazn toifasidan 8tasida oltin medalni qo`lga kiritdi. Qolgan ikki vaznning birida hamyurtimiz Bektemir Meliqo`ziev, yana birida esa rossiyalik Gabil Mamedov chempion bo`ldi. Aslida Mamedovga qarshi jangda hamyurtimiz Shunqor Abdurasulov g`alaba qozongan edi. Lekin bu safar ham hakamlar katta sahnaga chiqishdi.

Yakunda 1ta oltin, 2ta kumush, 4ta bronza, jami 7ta medalni qo`lga kiritgan O`zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi o`rinni egalladi. Bizga nisbatan bitta bronza kam jamg`argan Rossiya terma jamoasi kuchli uchlikka yakun yasadi.
Terma jamoamiz delegasiyasi bugun soat 17:45da Toshkentga qaytib keladi.

G`olib va sovrindorlar. Erkaklar
49 kg
I Temirtas Jusupov (Qozog`iston)
II Jomart Erjan (Qozog`iston)
III Lalbiakkima Nutlai (Hindiston), Vasiliy Egorov (Rossiya)
52 kg
I Anuar Muzapparov (Qozog`iston)
II Ladon Rogen (Filippin)
III Baba Ryusei (Yaponiya), Sivax Saxin (Hindiston)
56 kg
I Qayrat Eraliev (Qozog`iston)
II Dyuk Reygen (AQSh)
III Shahobiddin Zoirov (O`zbekiston), Ilyas Suleymenov (Qozog`iston)
60 kg
I Gabil Mamedov (Rossiya)
II Shunqor Abdurasulov (O`zbekiston)
III Erdenbat Senbaatar (Mo`g`uliston), Zakir Safiullin (Qozog`iston)
64 kg
I Bekdaulet Ibragimov (Qozog`iston)
II Ikboljon Xoldarov (O`zbekiston)
III Vuttichay Masuk (Tailand), Aliyor Noraliev (O`zbekiston)
69 kg
I Aslanbek Shimbergenov (Qozog`iston)
II Ablayxan Jusupov (Qozog`iston)
III Mahmud G`oipov (O`zbekiston), Ardi Seylom (Tailand)
75 kg
I Abilxan Amankul (Qozog`iston)
II Erik Aljanov (Qozog`iston)
III Isroil Madrimov (O`zbekiston), Adam Chartoi (Shvesiya)
81 kg
I Bektemir Meliqo`ziev (O`zbekiston)
II Bek Nurmaganbet (Qozog`iston)
III Bekzad Nurdauletov (Qozog`iston), Imam Xataev (Rossiya)
91 kg
I Abzal Kuttibekov (Qozog`iston)
II Sadam Magomedov (Rossiya)
III Vasiliy Levit (Qozog`iston), Anton Pinchuk (Qozog`iston)
+91
I Kamshibek Kunkabaev (Qozog`iston)
II Maksim Babanin (Rossiya)
III Ayboldi Daurenuli (Qozog`iston), Nurlan Saparbay (Qozog`iston).






