Bugun, 12 iyun kuni Singapurda AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR etakchisi Kim Chen In o`rtasidagi uchrashuv boshlandi, deb xabar qilmoqda ABC.
Sammit Singapurning qolgan qismidan ko`prik bilan ajratilgan Sentos kurort orolda bo`lib o`tmoqda. Davlat rahbarlari «Kapella» mehmonxonasida uchrashishdi.
Tramp va Kim Chen In har ikki davlat bayrog`i fonida, qizil yo`lakchada uzoq vaqt qo`l siqishib turishgan.

Donald Tramp va Kim Chen In muzokaralar boshlanishidan avval jurnalistlar bilan ham uchrashishdi.
Kim Chen In ushbu sammitni tashkillashtirish yo`lida ko`plab to`siqlar paydo bo`lganini, ammo ular engilganini alohida ta`kidlab o`tdi.
— Men katta sharaf bilan aytmoqchiman, bizning o`rtamizda juda yaxshi munosabatlar o`rnatiladi, - deb aytdi Tramp. Shuningdek, har ikki davlat etakchilarining uchrashuvini juda katta yutuq, deb baholadi.







