AsosiySport

O`zbekistonlik komissar Kosta Rika – Serbiya o`yiniga tayinlandi

'O`zbekistonlik komissar Kosta Rika – Serbiya o`yiniga tayinlandi'ning rasmi

Bugun, 14 iyun kuni Rossiya federasiyasida Jahon chempionati bahslariga start beriladi. FIFA tashkiloti mazkur mundialda ishlashga O`zbekistondan O`FA Xalqaro aloqalar bo`limi boshlig`i o`rinbosari Olim Arifovni ham taklif qilgan.

Qayd etish kerakki, shu paytga qadar nafaqat O`zbekistondan, balki Markaziy Osiyodan birorta mutaxassis JChda komissar sifatida ishlamagan. Olim Arifov bu borada birinchi bo`ladi.

Olim Arifov FIFAdan dastlabki taqsimotni oldi. U JCh-2018 «E» guruhidan o`rin olgan Kosta Rika – Serbiya uchrashuvida ishlaydigan bo`ldi. Uchrashuv 17 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar