AsosiyDunyo

"Tesla" o`tgan chorakda zarar ko`rgani uchun ish o`rinlarini qisqartiradi

'"Tesla" o`tgan chorakda zarar ko`rgani uchun ish o`rinlarini qisqartiradi'ning rasmi

“The Wall Street Journal” ning yozishicha, "Tesla" rahbari Ilon Mask kompaniyani ziyon holatidan chiqarish uchun 3,5 ming ishchini bo`shatishga qaror qilgan.

Ilon Maskning ayni qarori Tvitterda ham e`lon qilingan. U qo`l ostidagilarga yozgan eslatmada avtomobillarni yig`ish bilan bilan shug`ullanadigan ishchilardan tashqari kompaniyaning barcha bo`limlaridagi ish o`rinlari qisqartirilishini ma`lum qilgan. Ilon Maskning aqinlik kiritishicha, "Tesla"da jami mehnat qilayotganlarning 9 foizini ishdan bo`shatishga to`g`ri keladi. Bu o`rtacha hisobda 3,5 ming ishchi degani.

O`tgan oyning boshida “ Tesla” 2018 yilning birinchi choragi bo`yicha 710 million dollar miqdorida zarar ko`rganini aniqlagan edi. Bungacha esa kompaniya qatorasiga 4 chorak davomida ham ziyon holatida bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar