Qo`g`irchoq teatrining vatamanimiz bolajonlarining tarbiyasida tutgan o`rni, madaniy merosimizdagi ahamiyatini inobatga olgan holda 2014 yil 7 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika qo`g`irchoq teatri binosini mukammal ta`mirlash va uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash to`g`risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar beradi.
Mazkur qaror O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 19 fevraldagi PQ-2133-son qarori bilan tasdiqlangan «Sog`lom bola yili» Davlat dasturining 99-bandi ijrosini ta`minlash maqsadida qabul qilingan. Qarorda teatrni mukammal ta`mirlash uchun davlat byudjetidan 15 millard so`m miqdorida (shundan, 2014 yilda 400 million so`m) mablag` ajratish belgilangan.
Qarorda ta`kidlanishicha, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, «Davarxitektqurilish» qo`mitasi va Toshkent shahar hokimligining Respublika qo`g`irchoq teatri binosida mukammal ta`mirlash va jihozlash ishlarini bajarish doirasida buyurtmachi etib Toshkent shahar hokimligining «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasini belgilangan.
Bosh loyihachi va pudratchi tashkilotlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Toshkent shahar hokimligiga Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda inshootda ta`mirlash ishlari amalga oshirilayotgan davr mobaynida Respublika qo`g`irchoq teatri o`z faoliyatini olib borishi uchun unga qulay sharoitlarga ega bo`lgan binoni vaqtinchalik ajratilishini ta`minlash vazifasi topshirildi.