1

Mundial kundaligi: ikkinchi kunda uchta o`yin bo`lib o`tadi

Sport 15.06.2018, 18:22
Teglar: Jahon chempionati
Mundial kundaligi: ikkinchi kunda uchta o`yin bo`lib o`tadi

“A” guruhidan o`rin olgan ikkinchi o`yin bugun Misr hamda Urugvay termalari o`rtasida kechadi. Bungacha jamoalar faqat bir marta kuch sinashgan. 2006 yil 6 avgustdagi o`rtoqlik maqomini olgan uchrashuvda Janubiy Amerika jamoasi 2:0 hisobida g`alaba qozongan edi.

Termalar mundialga deyarli to`liq tarkibda kelishgan. Xususan, Misrning asosiy futbolchisi Muhammad Saloh jarohatidan forig` bo`lib ulgurgan hamda umumiy mashg`ulotlarga qo`shilgan. Ammo uning bugun maydonga tushishi so`roq ostida turibdi. Urugvayda ham deyarli hech qanday yo`qotishlar yo`q. Ular bu guruhning favoriti hisoblanadi. O`yinni gollandiyalik Byorn Kyupers boshchiligidagi hakamlar “brigadasi” boshqarib boradi. Uchrashuv Ekaterinburg shahrida bo`lib o`tadi.

FIFA rasmiy sayti jamoalarni quyidagicha tarkibda chiqishini e`tirof etgan:

Misr: Muhammad al Shenaviy, Ali Gabr, Ahmad G`ozi, Ahmad Fathi, Muhammad Abdul Shofi, Toriq Hamid, Muhammad el Neny, Mahmud Trezegiy, Abdulla Said, Amr Varda, Marvon Muhsin.
Bosh murabbiy: Ektor Kuper


Urugvay: Fernando Muslera, Gilermo Varela, Joze Maria Himenez, Diego Godin, Martin Kaseres, Naytan Nandez, Matias Vechinyo, Rodrigo Bentankur, Jorjin de Arrasaeta, Edinson Kavani, Luis Suarez
Bosh murabbiy: Oskar Tabarez

Bugun, shuningdek, “B” guruhidan joy olgan yana ikkita o`yin bo`lib o`tadi. Ularning birinchisi Marokash hamda qit`adoshlarimiz Eron termasi o`rtasida o`tkaziladi. Jamoalar shu paytgacha biror bir marta o`zara o`yin o`tkazishmagan. O`yinni Junayt Chaqir boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bahs Sankt-Peterberg arenasida bo`lib o`tadi.

Tarkiblar:

Eron: Ali Beyranvand, Milad Muhammadi, Murtazo Puraljoni, Rozbah Chashmi, Pejman Muntazori, Mas`ud Shojayi, Ehson Hoji Safi, Umid Ibrohimi, Vohid Amiri, Sardor Azmun, Alirizo Jahonbaxsh
Bosh murabbiy: Karlush Keyrush

Marokash: Munir al Kajai, Hamza Mendil, Roman Sais, Mehdi Benatiya, Ashraf Hakimi, Hakim Ziyoh, Muborak Busuffa, Yunus Belhanda, Karim el Ahmadi, Nuriddin Amrabat, Halid Butayib
Bosh murabbiy: Herve Renard

Kunning oxirgi va eng muhim o`yinida amaldagi Evropa chempioni va Ispaniya termasi kuch sinashadi. Krishtianu Ronaldo sardorligida maydonga tushadigan portugallar ushbu guruhdan keyingi bosqichga chiqishga asosiy davogarlardan biri sanaladi. Bir necha kun avval Ispaniya termasi bosh murabbiyi almashganidan xabaringiz bor. Bu esa futbolchilarning ruhiyatiga ham ta`sir qilmay qolmadi. Lopetegi ketganidan so`ng, mashg`ulotlar dafn marosimiga o`xshab qolyapti, deb ta`kidlab o`tdi markaziy himoyachi — Serxio Ramos. Darvoqe, bu kungacha termalar o`zaro 36 marta to`qnashgan va unda Ispaniya 18, Portugaliya 6 marta g`alaba qozongan hamda qolgan 12 ta uchrashuv durang bilan nihoyasiga etgan. Bugungi o`yin Sochidagi “Fisht” stadionida o`tkaziladi. Bosh hakam esa Janluka Rokki.

Tarkiblar:

Portugaliya: Rui Patrisio, Rafael Gureyro, Joze Fonte, Pepe, Sedrik, Joa Mario, Joa Moutino, Villiam, Bernardo Silva, Krishtiano Ronaldo, Gonsalo Guedesh
Bosh murabbiy: Fernando Santosh

Ispaniya: David De Hea, Hordi Alba, Serhio Ramos, Gerard Pike, Nacho, Serhio Buskets, Tiago Alkantara, Andres Iniesta, Isko, David Silva, Diego Kosta
Bosh murabbiy: Fernando Yerro

Sharhlar

O`zbekiston terma jamoasi Falastinni engib, guruhda yana peshqadam bo`lib oldi

19.11.2019, 19:16

 Futbol bo`yicha Qatarda bo`lib o`tadigan jahon chempionati bahslariga saralash bosqichida ishtirok etayotgan O`zbekiston terma jamoasi uchinchi g`alabasiga erishdi.Falastin terma jamoasini qabul qilgan o`zbekistonliklar 17 va...
Jahon chempionatining siz ko`rmagan 25 lahzasi

16.07.2018, 10:26

Jahon chempionati ham yakunlandi. O`zA ana shu turnirning eng esda qolarli lahzalarini taqdim etdi.1. Kolumbiyaning yashirin quroli - Mina.2. Gollivud yulduzining navbatdagi "rol"i.3. Belgiya tarixiga...
Luka Modrich - Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi!

16.07.2018, 09:28

FIFA 2018 yilgi mundialning eng yaxshi futbolchilari nomini e`lon qildi.Xorvatiyalik Luka Modrich Jahon chempionatining "Oltin to`pi"ga loyiq ko`rildi. Eden Azar kumush, Grizmann bronza to`pga ega...
Fransiya - jahon chempioni!

16.07.2018, 09:23

JCh-2018 finali doirasidagi Fransiya - Xorvatiya uchrashuvi bo`lib o`tdi.JCh-2018. FinalFransiya - Xorvatiya 4:2 15 iyul. Moskva, "Lujniki" stadioni.Hakamlar: Nestor Pitana, Ernan Maydana, Xuan Belatti (uchalasi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1