Rossiyada bo`lib o`tayotgan jahon chempionatining "B" guruhi doirasidagi Marokash - Eron uchrashuvida biroz kutilmagan natija qayd etildi, deb yozmoqda Olamsport nashri.
Uchrashuvda katta tashabbusga ega bo`lgan marokashliklar o`yinning so`nggi daqiqasida o`tkazib yuborilgan avtogol evaziga mag`lubiyat alamini totib ko`rishdi. JCh-2018 saralashida guruhdoshimiz bo`lgan Eron shu tariqa mundialni g`alaba bilan boshladi.
Marokash - Eron 0:1
Gol: 0:1 – 90, avtogol Buxadduz.
Marokash – Muhammadi, El-Axmadi, Benatiya, Xakimi, Belxanda, Ziesh, Xarit (da Koshta, 82), Bussufa, Amrabat (Amrabat, 76), Saiss, El-Kaabi (Buxadduz, 77).
Eron – Beyranvand, Puraliganji, Cheshmi, Rezayan, Shojai (Taremi, 68), Xojsafi, Amiri, Ebraximi (Xosseyni, 80), Jahonbahsh (Goddos, 85), Azmun, Ansarifard.
Ogohlantirishlar: Shojai (10), El-Axmadi (34), Jahonbahsh (47), Ansarifard (90)






