Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Jahon chempionati “B” guruhidan o`rin olgan Ispaniyaga qarshi uchrashuvning eng yaxshi o`yinchisi deb topildi, deb yozmoqda Olamsport nashri.
Sochidagi “Fisht” stadionida kechgan o`yin 3:3 hisobidagi jangovar durang natijasi bilan yakunlandi. Ronaldu esa uchrashuvda xet-trikka erishdi.
Portugaliya terma jamoasi 2-turda Marokashga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 20 iyun kuni Moskvadagi “Lujniki” stadioni (soat 17:00)da bo`lib o`tadi.






