AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida yashovchi fuqaro “shunchaki aylanib kelish uchun” mashina o`g`irladi

Toshkent viloyati Bo`ka tumani ichki ishlar bo`limiga 27 yoshli fuqaro Farhod M.  uning “Spark” rusumli avtomashinasi o`g`irlab ketilgani xaqida xabar berdi.

Voqea yuzasidan tezkor-qidiruv ishlari boshlandi va tez fursatlarda tuman ko`chalarining biriga tashlab ketilgan avtomobil topildi, avtomobil o`g`risi ham qo`lga olindi. Bu haqda Podrobno.uz nashri xabar beradi. Mashina o`g`risi shu tumanda istiqomat qiluvchi 42 yoshli Komil Yu. ekani ma`lum bo`ldi. Ayblanuvchi o`z qilmishini, bir umr o`z mashinasi bo`lishini orzu qilgani, ammo bunga erisholmagani, ushbu mashinani ko`rib uni bir marotaba haydab ko`rish istagi paydo bo`lgani bilan izohlagan. “Spark” avtomashinasi texnik soz holatda o`z egasiga qaytarilgan.

    Boshqa yangiliklar