Turkiya davlat rahbari Toyib Erdog`an 24 iyunda bo`lib o`tadigan prezidentlik saylovida mamlakat fuqarolarini o`z nomzodiga ovoz berib, G`arbga saboq berishga chaqirdi.
Xabarda qayd etilishichaayd etilishicha, prezident Erdog`an Istanbuldagi saylovoldi mitingda shunday chaqiriq bilan chiqqan:
“G`arb 24 iyundagi saylovni kutmoqda. Ular nimani ko`rishni xohlaydi? Erdog`anning mag`lubiyatini. Men ishonamaki, sizlar menga ovoz berish bilan ularga saboq berib qo`yasiz”
Eslatib o`tamiz, joriy yilning 24 iyun sanasida Turkiyada muddatidan ilgari prezidentlik saylovi o`tkaziladi. Nomzodlar 6 nafar. Bular amaldagi prezident Toyib Erdog`an (Mamlakat hukmron partiyasidan) Muharram Inje (Xalq-Respublikasi muxolifat partiyasidan), Salohiddin Demirtosh (Kurd xalq demokratik partiyasidan), Meral Akshener (Yaxshilar partiyasidan), Temelya Karamollaog`lu (Baxt partiyasidan), Dog`u Perincheka (“Vatan” partiyasidan). Shuningdek, ayni sanada parlament saylovlari ham bo`lib o`tadi.






