Bugun, 19 may kuni soat taxminan 13:00 da Samarqand viloyati kuchli shamol va qo`m bo`roni kuzatildi.
Bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi "Samarqandliklar" guruhida foto va videolar tarqalmoqda.
Rasmlardan kuchli shamol oqibatida daraxtlar ag`darilganini ko`rish mumkin. Shuningdek, tarmoq foydalanuvchilari qo`m bo`roni elektr uzatish liniyalariga ham zarar etkazgani haqida yozishmoqda.











