Samarqand shahrini kesib oqib o`tuvchi Siyob kanalida sutday oq va to`q yashil rangli o`tkir, badbuy hidli suv oqib kelmoqda.
Konigil, Galaosiyo, Ulug`bek observatoriyasi va Doniyor payg`ambar majmuasi oldidan oqib o`tuvchi mazkur kanal atrofida yashovchi aholi hamda hududga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar bu vaziyatdan aziyat chekyapti.
Qayd qilinishicha, bu holat tez-tez takrorlanmoqda va suv zaharli bo`lishi mumkin.
"Mazkur vaziyat yuzasidan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo`yicha mas`ul idora mutassaddilaridan izoh kutib qolamiz", - deb yozmoqda "Xalq so`zi" nashri.







