AsosiyJamiyat

Urumchiga parvoz qiluvchi yo`lovchilar uchun yangi talablar joriy qilindi

Urumchi shahri aeroporti tomonidan Urumchiga keladigan va ketadigan yo`lovchilar uchun yangi talablar joriy qilindi.  Bu haqda “O`zbekiston havo yo`llari” MAK matbuot xizmati xabar bermoqda.

Urumchi shahridagi aeroportning yangi talablariga binoan 20-avgustdan boshlab Urumchiga keladigan va ketadigan yo`lovchi bagajiga quyidagi talablar qo`yiladi:

- bitta bagaj o`rnining og`irligi 35 kg dan oshmasligi kerak;

- har bir bagaj o`rnining gabaritlari 100smX60smX40sm dan oshmasligi kerak.

- barcha elektron uskunalar, maishiy texnika, avtomobil ehtiyot qismlari va boshqa metall detallar va materiallar yuk sifatida rasmiylashtirilishi kerak, ya`ni yuk ombori orqali avia yuk xati bilan jo`natilishi kerak.

Yo`lovchilarning yuqorida sanab o`tilgan talablarga javob bermaydigan bagajlari tashuv uchun qabul qilinmaydi.

    Boshqa yangiliklar