Ma`lumki, xushovoz xonanda Manzura Ozarbayjonlik hamkasbi Terlan Novxani bilan ikkinchi duetini taqdim qilgan edi. Ijodkorlar "Ayri dunyala" qo`shig`i uchun videoklip tasvirga tushirishmoqda.
Suratga olish ishlari Ozarbayjonda bo`lib o`tmoqda. Bu haqda xonanda instagramdagi sahifasida ma`lum qildi.
Klip rejissyori Nail Naibog`lu. Yaqin kunlarda namoyish etilishi rejalashtirilgan klipda Manzura o`zgacha obrazlarda namoyon bo`lgan.
Suratga olish ishlarining bir qismi Kaspiy dengizi sohillarida bo`lib o`tdi.
Ularning ilk dueti — "Xiyonat qilmadim" qo`shig`i har ikki davlatdagi muxlislar orasida ommalashdi.