Amerikaning Montana shtatidagi yovvoyi tabiatni muxofaza qilish markazi Denton shahridan topilgan sirli maxluqning jasadini identifikasiya qilib, DNK ekspertizasi xulosalari natijalarini e`lon qildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Ma`lum bo`lishicha, sirli maxluq oddiy bo`ri ekan. O`lik jonivorning g`ayrioddiy ko`rinishi hammani vahimaga solgan. U itga ham, bo`riga ham xos bo`lmagan kalta tirnoqlar va uzun quloqlarga ega bo`lgan. Bunday bo`rilar Amerikaning shimoliy qismidagi tog`li hududlarda yashaydi.