AsosiyDunyo

AQShda noqulay ob-havo davom etmoqda

'AQShda noqulay ob-havo davom etmoqda'ning rasmi

AQShning Illinoys shtatida noqulay ob-havo sharoiti kuzatilmoqda. Bu esa bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda, deb xabar berdi Rentv.ru nashri.

Shtatning Rokford shahrida bir necha kun yoqqan tinimsiz yomg`ir suv toshqinlarini keltirib chiqardi. 4 soatning o`zida suvning sathi 30 sm. dan oshgan. Ko`chalarda toshqinda qolgan avtomobillarni ko`rish mumkin. Suv ayrim uylarning erto`lasi va birinchi qavatigacha kirib borgan. Ko`plab insonlar tabiiy ofatdan katta miqdorda zarar ko`rganlari haqida hukumatga murojaat qilishmoqda. Qurbonlar va jarohatlanganlar yo`q.

Shuningdek, yomon ob-havo sharoiti Texas shtatida ham kuzatilmoqda. Bu erda kuchli momaqaldiroq, bo`ron bo`lishiga qaramay, havo harorati yuqori. Bundan tashqari, Texasda ham suv toshqinlari ro`y bermoqda. Bundan avval esa rekord darajadagi issiq harorat hukm surgan edi. Meteorologiya sohasi vakillari kelasi haftada ham vaziyat o`zgarmasligi mumkinligini ma`lum qilishgan.

    Boshqa yangiliklar