Koreya Xalq Demokratik Respublikasi rahbari Kim Chen In Xitoyning Pekin shahriga etib keldi va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan uchrashdi, deya xabar qildi Kommersant.ru nashri.
Kim Chen Inning Xitoyga tashrifi davomida Si Szinpin bilan 12 iyun kuni bo`lib o`tgan Amerika–Shimoliy Koreya sammitini muhokama qilishi kutilmoqda. Xitoy va KXDR etakchilarining avvalgi uchrashuvi may oyi boshida bo`lib o`tgan edi.






