AsosiyJamiyat

Xalq ta`limi yangi vaziri aholidan ta`lim tizimini yaxshilash bo`yicha takliflar so`radi

'Xalq ta`limi yangi vaziri aholidan ta`lim tizimini yaxshilash bo`yicha takliflar so`radi'ning rasmi

Xalq ta`limi vaziri lavozimiga tayinlangan Sherzod Shermatov Facebook’dagi sahifasida fuqarolarga murojaat qilib, O`zbekistonda ta`lim tizimini yanada takomillashtirish bo`yicha hamkorlikka taklif qildi.

«Prezidentimiz tomonidan Xalq ta`limi tizimini tubdan isloh qilish, ta`lim sifatini oshirish, o`qituvchilarning jamiyatdagi hurmatini yuqori darajaga ko`tarish, maktablarning holatini yaxshilash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo`yicha juda katta vazifalar belgilab berildi.

Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun maktab ta`limi sohasidagi mavjud muammolarning echimlari bo`yicha o`z taklif-mulohazalaringizni bildirishingizni so`raymiz», — deb yozgan yangi vazir.

Takliflarni yuborish uchun maxsus forma ilova qilingan. Unda takliflarni anonim ravishda ham yuborish imkoniyati ham yaratilgani qayd etilgan.


    Boshqa yangiliklar