“O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi 22 iyundan boshlab Toshkent — Riga — Toshkent yo`nalishi bo`yicha ekonom klassning minimal tariflarini pasaytirmoqda.
MAK matbuot xizmati tomonidan ma`lum qilinishicha, yangi tarifga bir tomonga uchish narxi - 210 evro (1 954 293 so`m), borib-kelish tarifi esa 330 evro (3 071 032 so`m) etib belgilandi.
Aviachiptalarni milliy valyutada sotib olish mumkin. Aviachipta xarid qilingan kunidagi O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo`yicha sotiladi.
“O`zbekiston havo yo`llari” MAK haftada bir marta, juma kunlari Latviya poytaxti Riga shahriga Boeing 767 samolyotlarida parvozlarni amalga oshirmoqda.






