Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbir davomida narkotik moddalarni noqonuniy etishtirishning navbatdagi holati aniqlandi.
Viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko`ra, tezkor tadbir davomida fuqaro E.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida, xonadon tomorqasining pastki tomonida 1 kv.metr er maydonida, balandligi 185-190 sm. bo`lgan, 2 tup, tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud bo`lgan “Kannabis" o`simligi borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur huquqbuzarlik holatlari yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Joriy yil boshidan buyon Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi hodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilar hamkorlikda aniqlangan 17 ta qonunbuzarlik holatlarida 17,5 kg.dan ortiq narkotik moddalarning noqonuniy olib o`tilishi va ichki hududdagi aylanmasiga chek qo`yilgan.






