AsosiyJamiyat

Haj ziyoratiga boruvchi fuqarolar​ Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasini ziyorat qildilar

'Haj ziyoratiga boruvchi fuqarolar​ Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasini ziyorat qildilar'ning rasmi

Toshkent viloyat hokimiyati va Turizmni rivojlantirish departamenti bilan hamkorlikda “Ziyorat turizmi” loyihasi doirasi joriy yilning 22 iyun kuni “Haj” ziyoratiga boruvchi fuqarolar uchun ziyorat tashkillashtirildi.

Viloyatdan 2018 yilda “Haj” ziyoratiga boruvchi fuqarolarning 100 nafari hamda ekstremistik oqimlarga a`zo bo`lgan yoki ularning ta`siriga tushgan, qilmishidan chin ko`ngildan pushaymonligi sababli maxsus hisob ro`yxatdan chiqarilgan 9 nafar fuqaro, shuningdek 7 nafar kam ta`minlangan oila a`zolari “Imom al-Buxoriy” yodgorlik majmuasiga ziyorat kildilar.

Ertaga ziyoratchilar Samarqand viloyatidagi “Go`ri Amir”, “Registon”, “Shoxi Zinda”, “Xo`jai Donyor” maqbaralarini ziyorat qiladilar.

    Boshqa yangiliklar