Toshkentda «Nexia-3», «Cobalt» va «Lacetti» ishtirokida YTH ro`y berdi. Bu haqda shahar IIBB xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, 2018 yilning 21 iyun kuni soat chamasi 16.30 larda Shota Rustaveli ko`chasida 3 ta avtomobil ishtirokida to`qnashuv yuz bergan. To`qnashuv oqibatida jabrlanganlar va qurbonlar yo`q. Biroq avtomashinalar jiddiy talafot etgan.

«Cobalt» va «Lacetti» haydovchilarining ma`lum qilishicha, «Nexia-3» haydovchisi svetoforning qizil chirog`ida ularning orasidan o`tib ketmoqchi bo`lgan. Natijada YTH yuzaga kelgan.
«Nexia-3» haydovchisi 18 yoshda bo`lib, haydovchilik guvohnomasiga ega bo`lmagan. Mashina esa o`smirning onasiga tegishli bo`lgani aniqlangan.
Toshkent shahar IIBBning xabar berishicha, hozir YPX xodimlari tomonidan hodisa sabablari o`rganilmoqda.







