1

O`zbekistonlik mutaxassislar faol kalsiy sitratini olish usulini ixtiro qildi

Salomatlik 16.08.2014, 15:08
O`zbekistonlik mutaxassislar faol kalsiy sitratini olish usulini ixtiro qildi

Faol kalsiy kattalar va bolalar organizmi uchun muhim bo`lgan moddalardan biri sanaladi.

Inson organizmi bir kunda 1 grammdan ko`proq kalsiyga ehtiyoj sezadi. Shundagina uning boshqa kerakli minerallarga bo`lgan ehtiyoji ming karra kamayadi. 
O`zbekistonlik mutaxassislar Rustam Rahimov hamda Vladimir Ermakov faol kalsiy sitratini olish usulini ixtiro qilishdi. Bu haqda O`zbekiston Intellektual mulk agentligining rasmiy sayti ima.uz xabar beradi. 

Ushbu ixtiro oziq-ovqat sanoati, tibbiyot, biologik ustavli moddalarni farmasevtika, aynan kalsiydan iborat faol moddalar olishda muhim ahamiyatga ega. 
Faol kalsiy va magniy sitrati kimyoviy toza limon kislotasini suvda eritish orqali olinadi. Bunda kalsiy sitratini olish uchun kimyoviy toza kalsiy karbonati stexiometrik me`yoridan 1-3% ortiq miqdorda olinadi. Barcha bosqich infraqizil nurlanish ta`sirida o`tkaziladi. Natijada, organizmga yaxshi singadigan, suvli aralashma va qoldiqqa bo`linmaydigan, o`z tarkibida kalsiyning tez singadigan birikmali yaxshilangan farmakologik xususiyatli kalsiyga ega steril mahsulot olishga erishiladi.

Kalsiy sitrati limon kislotali kalsiy tuzi deb nomlanadi. Uni iste`mol qilish organizm suyak to`qimalaridan kalsiyni sitrat ko`rinishida ajratib, me`yorni ta`minlaydi. Faqat kalsiy sitratigina suyak to`qimalarida kalsiyni saqlab, uni tiklaydi, osteoporoz (suyak pishiqligining susayishi)ni bartaraf etishga yordam beradi.
Yurtdoshlarimizning ixtirolariga IAP 04888 raqamli davlat patenti berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1