Gidrometeorologiya markazidan ma`lum qilinishicha, 24 iyun kunli O`zbekiston bo`ylab havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yog`ingarchiliklar kuzatiladi. Shamol tezligi 12 m/s dan 17m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 24 iyun kuni yog`ingarchilik kuzatiladi, harorat kechasi — +20…+22, kunduzi +34…+36 darajagacha ko`tariladi.
Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida harorat kechasi — +19…+24, kunduzi +32…+37 darajani tashkil etadi.
Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo harorati kechasi — +17…+22, kunduzi +31…+36 daraja issiq bo`ladi.
Navoiy va Buxoro viloyatlarida harorat kechasi — +18…+23, kunduzi +32…+37 darajaga etadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat kechasi — +20…+25, kunduzi +34…+39 darajagacha ko`tariladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida 24 iyun kuni yog`ingarchilik kuzatiladi, havo harorati kechasi — +17…+22, kunduzi +30…+35 daraja issiq bo`lishi kutilmoqda.






