AsosiyJamiyat

Termizda yangi shifoxona ochildi

'Termizda yangi shifoxona ochildi'ning rasmi

Surxondaryo viloyatida respublika ixtisoslashtirilgan ko`z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Termiz filialining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, tibbiyot xodimlari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etgan tadbirda viloyat hokimi E.Turdimov, respublika ixtisoslashtirilgan ko`z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Z. Siddiqov va boshqalar mamlakatimizda tibbiyot sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar aholi salomatligini muhofaza qilishda yuksak samaralar berayotganini ta`kidladi.

5.jpg

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev o`tgan yil 11-12 fevral kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog`ida vohada tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish uchun mavjud tibbiyot muassasalarini jahon andozalariga mos jihozlash, rekonstruksiya qilish va yangilarini barpo etish yuzasidan tegishli vazifalarni belgilab bergan edi. Shunga muvofiq viloyatda ko`z kaslliklari bilan bog`liq masalalar o`rganilib, Termizda shahrida respublika ixtisoslashtirilgan ko`z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining filialini tashkil etish bo`yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

11.jpg

Viloyat perinatal markazi tubdan rekonstruksiya qilinib, uning infrastrukturasi zamonaviy andozalar asosida qayta ta`mirlandi. Ikki qavatli 75 o`rinli davolash va 150 qatnovga mo`ljallangan poliklinika bunyod etildi. Yangi shifoxonada bemorlarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish va murakkab jarrohlik amaliyotlarini o`tash uchun etarli sharoit yaratildi. Zamonaviy binoni barpo etish uchun 7 milliard 500 million so`m, jihozlash uchun 3 milliard so`mdan ortiq mablag` yo`naltirildi.

9.jpg

– Bu erda barcha turdagi oftolmologik murakkab jarrohlik amaliyotlarini bajarish uchun zarur qulaylik mavjud, – deydi respublika ixtisoslashtirilgan ko`z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Termiz filiali bosh shifokori D. Abdinazarov. – Buning uchun shifokorlarimizning xorijda malaka oshirib, katarakta jarrohligining zamonaviy yo`nalishlarini chuqur o`zlashtirishiga alohida e`tibor qaratmoqdamiz.

Joriy yilda yangi shifoxona qariyb 500 ming dollar qiymatidagi zamonaviy xorij uskunalari bilan jihozlanadi.

    Boshqa yangiliklar