AsosiyJamiyat

Prezident OIV-infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo`yicha yangi qarorni imzoladi

'Prezident OIV-infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo`yicha yangi qarorni imzoladi'ning rasmi

Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish va shifoxona ichki infeksiyalarini profilaktika qilish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq OIV-infeksiyasini profilaktika va diagnostika qilish, uni davolashning bo`yicha tibbiy-ijtimoiy yordamni kengaytirishning asosiy yo`nalishlari belgilanib, OIV-infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish kompleks tadbirlar rejasi tasdiqlandi:

- OIV-infeksiyasini davolash va shifoxona ichki infeksiyalarini profilaktika qilishda fan va texnikaning eng yangi yutuqlariga asoslangan innovasion yondashuvlarni keng qo`llash;

- OIVni yuqtirib olgan shaxslarni kompleks tibbiy-psixologik qo`llab-quvvatlash ishlarini tashkil etish;

- OIV-infeksiyasini profilaktika va diagnostika qilish, uni davolash bo`yicha tibbiyot xodimlarining kasbiy bilimlari darajasini oshirish;

- davlat tibbiyot muassasalarining OIV-infeksiyasini profilaktika va diagnostika qilish, uni davolash bilan shug`ullanuvchi tibbiyot xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish;

- OITSga qarshi kurashish markazlari va OIV-infeksiyasi diagnostikasi bo`yicha tumanlararo laboratoriyalarning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy diagnostika va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash;

- xorijiy sohaviy muassasalar bilan yaqin aloqalarni yo`lga qo`yish va hamkorlikni yanada rivojlantirish.

    Boshqa yangiliklar