Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Miromonovichning bevosita tashabbusi bilan Respublikamizda barcha sohalar qatori sud-huquq tizimini yanada takomillashtirishda misli ko`rilmagan darajada islohotlar amalga oshirilmoqda.
2017 yil 13 iyunda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan sudyalar bilan o`tkazilgan tarixiy uchrashuvda sudyalar kundalik faoliyatida xalq bilan bevosita muloqot shakllarini kengaytirish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirishning barcha choralarini ko`rishlari lozimligi yuzasidan tegishli vazifa va topshiriqlar berilgan.

Ana shunday vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida 2018 yil22iyun kuni Quvasoy shahrida jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona viloyat sudining raisi M.Mirzajonov, Farg`ona viloyat ma`muriy sudining raisi A.Eranov, fuqarolik ishlari bo`yicha Farg`ona viloyat sudining raisi I.Kasimov va Farg`ona viloyat iqtisodiy sudining raisi T.Atabaevtomonidan Quvasoy shahar, Quva va Farg`ona tuman uchun sayyor qabul va ochiq muloqot o`tkazildi.
Dastavval ochiq muloqotda viloyat sudlari raislari tomonidan aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan mavzularda ma`ruzalar qilindi.
Masalan, viloyat jinoyat ishlari bo`yicha sudi raisi M.Mirzajonov mamalakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash yuzasidan muayyan ishlar olib borilayotgan bir vaqtda xotin-qizlar tomonidan jinoyat sodir etish holatlari ham uchrayotgani, ayol nomi bilan jinoyat so`zini birga tilga olish og`ir bo`lganidek, u tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar bitta bo`lsa ham ko`pligi ta`kidlanib, 2018 yilning o`tgan davri mobaynida ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilindi va kelgusida ayollar tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan tushuntirishlar berib o`tildi.

Bundan tashqari, voyaga etmaganlarning jinoyatlari tahlil qilinib, ular tomonidan sodir etilgan jinoyatlardan misollar keltirib o`tildi. Farzand tarbiyasi juda nozik masala bo`lib, bu borada oilada ayniqsa ayollarimizning o`rni kattaligi, shu bilan birga farzand tarbiyasida mahalla va jamoatchilik tuzilmalari oilalarimizga yaqindan ko`makdosh bo`lishlari lozimligi aytib o`tildi. Zero, donishmand halqimiz tomonidan “Bir bolaga etti mahalla ota-ona” deb bejizga aytilmaydi.
Shundan so`ng, sud raislarning fuqarolar uchun sayyor qabuli o`tkazilib, fuqarolarning sud ishlari bilan bog`liq murojaatlari ko`rib chiqildi.
Murojaatlarda ko`tarilgan masalalar yuzasidan sud raislari qonunda belgilangan tartibda tushuntirishlar berib, ularning qonuniy echimini hal qilish choralari ko`rildi.
Xulosa qilib aytganda, bu kabi tadbirlarni o`tkazishdan maqsad “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”ligini his qilgan holda, xalq bilan ko`proq ochiq muloqotlar o`tkazish, xalqning ichiga kirib, ularning dardu tashvishlarini eshitish sudyalar faoliyatining asosini tashkil etishi lozim.
Jinoyat ishlari bo`yicha
Farg`ona viloyat sudi






