Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya jamoasiga qarshi kechgan o`yinda tezlik olish rekordini yangiladi, deb xabar qildi Reddit nashri.
Match davomida qarshi hujumlardan birida Ronaldu soatiga 38,6 kilometrgacha tezlik oldi. Ammo hujum gol bilan yakunlanmadi.
Shunday bo`lsa-da, match davomida futbolchi xet-trikka erishib, o`yin durang natija bilan yakunlangan.






