Zelenogradlik bir kishi polisiya xodimi ustidan kulmoqchi bo`ldi, deb ta`kidladi Life.ru nashri.
Erkak qonun himoyachisining oldiga kelib, o`zi bilan selfiga tushishini so`raydi. Polisiyachi esa: “Esingiz joyidami?” deydi. Shunda erkak polisiyachining yuziga shapaloq trtib yuboradi va qochishga tushadi. Lekin baribir qo`lga tushadi.
Uning nega bunday harakat qilgani noma`lum. Hozirda “selfichi”ni besh yillik qamoq jazosi kutmoqda.






