O`zining 43 yoshida Hollivudning superyulduzi, bo`ydoq aktyor Leonardo di Kaprio uylanishga qaror qildi, deya yozmoqda Tv.ua nashri.
Di Kaprioning qalbini 20 yoshli model Kamila Morrone zabt etishga muvaffaq bo`lgan. Ular o`tgan yilning dekabr oyidan beri uchrashib turishadi.
Kamila Morrone – Hollivudning keksa aktyorlaridan biri Al Pachinoning o`gay qizidir.
Leo Kamilaning ota-onasi bilan bayramona dasturxon atrofida birga kechlik qilganini ham rad etmayapti.







