Buyuk Britaniyaning Endsleigh Insurance Services sug`urta kompaniyasi turistlar uchun xavfli bo`lgan mamlakatlar nomini ma`lum qildi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti nashri.
Birinchi uchlikdan Tayland, Chili va AQSh davlatlari o`rin olgan.
Ushbu ro`yxatda Ispaniya, Germaniya, Nepal, Peru, Fransiya, Bagam orollari va Braziliya ham bor.
Tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, mazkur davlatlarda turistlar sug`urta bilan muammolarga ko`proq duch kelishar ekan.






