AsosiyDunyo

Nursulton Nazarboevning nevarasi turmushga chiqdi

'Nursulton Nazarboevning nevarasi turmushga chiqdi'ning rasmi

Qozog`iston prezidenti Nursulton Nazarboevning katta nevarasi, Dariga Nazarboeva qizi turmushga chiqdi deb xabar berdi City01.kz.

Ma`lumotlarga ko`ra, Venera 22 yashar Dalen Chayjunusovga turmushga chiqqan. Ular ikki yil oldin tanishgan, fotihasi joriy yilning may oyida bo`lib o`tgan edi.

Dalen Farobiy nomidagi Qozog`iston Davlat universitetining huquqshunoslik fakultetida tahsil olgan, Venera esa hamon talaba, u ijtimoiy kommunikasiya va san`atni o`rganish bilan mashg`ul

Nikoh oqshomi 23 iyun kuni Olma-Otadagi besh yulduzli Ritz-Carlton mehmonxonaning ballar zalida o`tkazilgan. To`yda oilaning qarindoshlari va do`stlari qatnashdi.

Shuningdek, to`yda "Rossiya estradasi qiroli" Filipp Kirkorov mehmon sifatida ishtirok etib, yoshlarni ushbu kun bilan tabrikladi.

Boshqa yangiliklar