AsosiyDunyo

Utkin Ravshan Ermatovdan kechirim so`radi

'Utkin Ravshan Ermatovdan kechirim so`radi 'ning rasmi

Rossiyalik futbol sharhlovchisi Vasiliy Utkin o`zining Instagram’dagi sahifasida O`zbekistonlik haqam Ravshan Ermatovdan uning nomiga aytgan haqoratlari uchun kechirim so`radi.

"Ravshan Ermatov a`lo darajadagi hakam. Uning oilasi, yaqinlari va do`stlariga sog`lik va omadlar tilayman. Umrlari uzoq bo`lsin. Ammo mening ham ishqibozlik qilishga, aqlimni yo`qotishga va sizlar kabi omadimni sinashga haqqim bor. Agar buni tushunmasangiz, demak sizlar ishqiboz emassizlar.

Ravshan-aka, men sizning bu voqeaga ahamiyat berishingizga ishonmayman. Meni kechiring, Ravshan-aka", - deb yozgan Utkin.

Eslatib o`tamiz, Vasiliy Utkin Argentina-Xorvatiya bahsini boshqargan o`zbekistonlik hakam Ravshan Ermatovni Tvitterida haqorat qilgan va bu ko`plab futbol ishqibozlarining g`azabini keltirgandi.

    Boshqa yangiliklar