AsosiyDunyo

Gresiya hududida kuchli zilzila qayd etildi

'Gresiya hududida kuchli zilzila qayd etildi'ning rasmi

Evropa-O`rtaer dengizi seysmologiya markazining xabar berishicha, Gresiyaning Peloponnes yarim oroli sohillarida kuchli zilzila sodir bo`ldi.

Qayd etilishicha, er silkinishining kuchi 5,4 magnitudagini tashkil qilgan, zilzila o`chog`i er sathidan 10 kilometr chuqurlikda deya baholangan. Silkinish markazi esa Metoni shahridan 38 km. G`arbda joylashgan.

Ayni paytda qurbonlar va talofatlar haqidagi rasmiy ma`lumot tarqatilmadi.

    Boshqa yangiliklar