AsosiyDunyo

O`zbekistonlik yo`lovchilar bo`lgan mikroavtobus Qozog`istonda YTHga uchradi (foto)

'O`zbekistonlik yo`lovchilar bo`lgan mikroavtobus Qozog`istonda YTHga uchradi (foto)'ning rasmi

Qozog`istonning Turkiston viloyatida mudhish ro`y bergan YTH ro`y berdi. Unda o`zbekistonlik yo`lovchilarning ham jabr ko`rgani aytilmoqda.

Sariyog`och-Chimkent trassasida harakat qilayotgan "Mazda" rusumli avtomashinasi "Sang Yong Istana" mikroavtobusi bilan to`qnashib ketgan.

Dastlabki ma`lumotrga ko`ra, mikroavtobusda 10 nafar yo`lovchi bo`lib, ulardan 4 nafari esa o`zbekistonliklar bo`lgan.

YTH natijasida 10 kishi jarohatlangan bo`lib, ulardan uch nafari voqea joyida vafot etgan.

Voqea guvohlarining aytishicha, engil avtomashina mikroavtobus tomon qarama-qarshi kelgan va natijasida mikroavtobus bilan to`qnashgan.

YTHda jabrlanganlarning barchasi Chimkentdagi shifoxonaga etkazilgan bo`lib, ulardan uch nafari hozirda Jonlashtirish bo`limida qolmoqda.

O`zbekistonlik yo`lovchilarning vafot etgani yoki yo`qligi borasida hozircha hech qanday rasmiy ma`lumot yo`q.

    Boshqa yangiliklar