AsosiyDunyo

Imomali Rahmon O`zbekiston bilan chegaradosh tumanga tashrif buyurdi

'Imomali Rahmon O`zbekiston bilan chegaradosh tumanga tashrif buyurdi'ning rasmi

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon O`zbekiston bilan do`stlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida Shahriston tumani aholisi bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Xovar» axborot agentligi.

Muloqot chog`ida Tojikiston rahbari O`zbekiston bilan chegaradosh tuman aholisini o`zbeklar bilan do`stona munosabatlarni mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga chaqirgan.

"Shahriston tumani qo`shni va do`st mamlakat – O`zbekiston Respublikasi bilan chegaradosh. Bu aholiga katta imkoniyatlar yaratadi. Mazkur sharoitdan oqilona foydalanish orqali siz o`zbekistonlik hamkorlarimiz bilan savdo-iqtisodiy va, eng muhimi, o`zaro ishonchga asoslangan do`stligimizni yangi bosqichga ko`tara olasiz", – degan Imomali Rahmon chegaradosh hudud aholisi bilan suhbatda.

Shu bilan birga, Tojikiston Prezidenti o`zbek va tojik xalqlari Shahristonda o`zaro hamjihatlikda totuv hayot kechirayotganini qayd etgan.

    Boshqa yangiliklar