Italiyaning Sisiliya oroli yaqinida muxojirlar kemasi qutqarib olindi, deb ta`kidlamoqda Lenta.ru nashri.
Kema halokatga uchragach, signal bergan. Yaqin orada bo`lgan Daniya konteyner kemasi esa voqea joyiga etib kelib, 113 nafar muxojirlarni qutqarib oldi. Hozirda kema Sisiliya sohili yaqinida bo`lib, rasmiylardan qo`shimcha ko`rsatmalarni kutmoqda.






